Mudofaa vazirligi oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha tanlov e’lon qildi

© Novosti UzbekistanaProduksiya fermerov Buxari
Produksiya fermerov Buxari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlov jarayonida respublika xududidagi ishlab chiqaruvchilarga ayrim qo‘shimcha imtiyozlar taqdim qilinadi

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi respublikaning barcha hududida joylashgan vazirlik savdo nuqtalari orqali sotish maqsadida ayrim oziq-ovqat va birinchi ehtiyoj mahsulotlari (kolbasa va go‘sht, konserva mahsulotlari, salqin ichimliklar, qandolat mahsulotlari, shaxsiy gigiyena vositalari va boshqalar)ni sotib olish bo‘yicha tanlov e’lon qildi. Bu haqda uz24.uz xabar bermoqda.

Harbiy qasamod - Sputnik O‘zbekiston
Mudofaa vazirligi oliygohlariga yagona tanlov asosida o‘qishga kirish mumkin

Xabarda aytilishicha, shu munosabat bilan barcha yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlarni yetkazib berish imkoniyatiga ega korxona va tashkilotlar mazkur tanlovda ishtirok etishga taklif qilinadi.

Tanlov jarayonida respublika xududidagi ishlab chiqaruvchilarga ayrim qo‘shimcha imtiyozlar taqdim qilinadi, ya’ni xarid qilish huquqi tanlovsiz amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, Mudofaa vazirligi xodimlari va ularning oila a’zolarini yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida 27-iyul kuni Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va targ‘ibot markazida tadbirkorlar va yuqoridagi mahsulotlarni yetkazish imkoniyati bor korxona rahbarlarini seminarda qatnashishga taklif qiladi.

Xabarda ma’lumot uchun 269-88-82, 269-88-27, 269-88-52, 269-88-63 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkinligi aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0