Vazir Kamilov Federika Mogerinini Samarqandga taklif etdi

© MID UzbekistanaTashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va YeI komissiyasi vitse-prezidenti Federika Mogerini
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va YeI komissiyasi vitse-prezidenti Federika Mogerini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kamilov Mogerinini shu yilning kuzida Samarqand shahrida BMT rahbarligida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyoda xavfsizlikni va barqarorlikni ta’minlash muammolari bo‘yicha xalqaro anjumanga taklif etdi

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. 2017-yilning 18-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Brussel shahrida Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, YeI Komissiyasi vitse-prezidenti Federika Mogerini bilan uchrashdi. O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati xabari asosida.

Flagi Yevropeyskogo Soyuza - Sputnik O‘zbekiston
"Markaziy Osiyo – YeI" mintaqalararo uchrashuvi yig‘ilishi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan o‘zaro aloqalarga oid qator masalalar muhokama qilindi va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan "Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo" vazirlar uchrashuvida kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Abdulaziz Kamilov Federika Mogerinini shu yilning kuzida Samarqand shahrida BMT rahbarligida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyoda xavfsizlikni va barqarorlikni ta’minlash muammolari bo‘yicha xalqaro anjumanga taklif etdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari ham ko‘rib chiqildi, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0