TOShKENT, 16-may — Sputnik. Ukraina Xavfsizlik xizmati "VKontakte", "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlari va "Yandeks" xizmatlariga kirishni ta’qiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Sanksiyalar 3-yil muddatgacha kiritilgan. Rossiyaning 468 tashkiloti va 1228 jismoniy shaxsi ta’qiq ostida qolgan. "Laboratoriya Kasperskogo" va DrWeb kabi antivirus dasturlari ishlab chiqarayotgan kompaniyalari ham ular qatorida.
Hukumatning ushbu qarorini Ukraina prezidenti Petr Poroshenko o‘qib eshittirdi. Qaror 15-maydan boshlab kuchga kirgan.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Rossiya jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan doimiy ravishda sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirib kelmoqda. Bugungi kunda Rossiyaning bir necha aviatsiya, va kema qurish korxonalari, banklar, harbiy korxonalar ta’qiq ostiga olingan. Undan tashqari Qrimga safar uyushtirgan barcha Rossiya artistlari ham avtomatik ravishda ta’qiq ostiga olinmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.