TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Dushanbe shahrida yangi parlament majmuasini qurish ishlarini moliyalashtirish Saudiya Arabistondan Xitoyga o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.
Tojikistonga Xitoy hukumati 250 mln dollar mablag‘ni ajratishni va’da berdi. Bu o‘z navbatida Saudiya Arabiston va’da bergan pullardan ko‘pdir.
"Tojikiston parlament yangi binosi Xitoy tomonidan ajratiladigan 250 mln dollar grant hisobidan moliyalashtiriladi", — deb ta’kidladi Tojikiston arxitektura va shaharsozlik qo‘mitasi rahbari Jamshid Axmadzoda. So‘ngra ushbu mablag‘lar qaytarilmaydigan kredit sifatida berilishi haqida qo‘shimcha qildi.
Shu bilan birga, arxitektura qo‘mitasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yangi binoni loyihalashtirish ishlari boshlab yuborilgan.
Tojikistonga Saudiya Arabiston tomonidan yangi parlament binosi qurilishi uchun mablag‘ ajratilishi joriy yil may oyida ma’lum bo‘lgan edi. Ammo bir ozdan so‘ng qirol hukumati ushbu kelishuvni tasdiqlashmadi.