“O‘zbektelekom” internet nega tez arzonlashmayapti degan savolga izoh berdi

Obuna bo‘lish
Internet-provayderlari uchun tariflar 2017-yil boshidan qariyb 3 baravargacha arzonlashdi, afsuski bu aholi uchun yakuniy narxiga deyarli ta’sir qilmayapti

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. "O‘zbektelekom" AJ rahbariyati internet arzonlashishi yuzasidan izoh berdi.

Mobilnie operatori Megafon i Bilayn - Sputnik O‘zbekiston
Uzmobile birinchi bo‘lib o‘z mijozlarini "mobil tobelik"dan ozod qiladi

Bugun kunda provayderlar uchun tariflarning arzolashganligiga qaramasdan, internet foydalanuvchilari narxlarning pasayganligini deyarli sezishmayapti.

Kompaniyaning marketing va savdo direktori Yevgeniy Vishnevskiy so‘zlariga ko‘ra, internet iste’molchilari uchun yakuniy narxiga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar bor. Ayni vaqtda xizmat narxi sekin asta pasayib bormoqda.

"Bu eng dolzarb masalalardan biridir. O‘tgan yilning o‘zida provayderlar uchun narxlar sal kam 12-marta arzonlashgan. Biz mustaqil ravishda internet uchun narxni shakllantirish bilan shug‘ullana olmaymiz. Hozirgi kunda provayderlar va mobil operatorlarning jami harajatlarning qariyb 25 % tashqi internet-kanal harajatlari tashkil qiladi. Qolgan 75 % internet-kanal bilan bog‘liq bo‘lmagan harajatlardir. Bu ma’lumotlarni yetkazish tarmoqlari, ushbu tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish harajatlari hamda xodimlarga ish haqi kiradi" — dedi Vishnevskiy.

Internet-provayderlar uchun narx arzonlashgan hollarda, ular iste’molchilar uchun o‘sha darajada narxlarni arzonlashtira olmaydilar. Narx arzonlashadi, lekin shu nisbatlarda emas. Shu sababli "O‘zbektelekom" tomonidan provayderlar uchun arzonlashtirilgan narxlar oddiy iste’molchilar uchun deyarli sezilmayapti.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, so‘ngi yillar ko‘rsatkichlari tahlil qilinganda, bu borada tendensiya ko‘zatish mumkin. Ayni shu paytlarda iste’molchilar uchun yakuniy narx ko‘p marta kamaygan.

Dinamika sen na internet-uslugi AK Uzbektelekom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar yanada tushirildi
Bundan tashqari, Vishnevskiyning fikriga ko‘ra, foydalanuvchilar uchun internet yakuniy narxiga iste’mol qilinadigan trafik ham ta’sir qiladi. Xorijiy mamlakatlar misolida solishtirganda, ularda internet bir necha barobar arzon. Buning asosiy sababi — resurslar ushbu davlatlarning ichida joylashganligi bilan izohlanadi.

"O‘zbekistonda kontentning katta qismi mamlakat tashqarisida joylashgan. Bu o‘z navbatida internetning yakuniy narxiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Hozir qadamma qadam vaziyat o‘zgarmoqda, resurs ko‘paymoqda, tobora xorijiy trafik foiz ulushi kamaymoqda. Mahalliy kontentni yaratish bu nafaqat "O‘zbektelekom"ning vazifasi balki ushbu bozorda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha ishtirokchilarining umumiy vazifasidir. O‘ylaymanki, kelgusida o‘zgarishlar bo‘ladi, lekin barchasi faqat bizga bog‘liq emas" — deb suhbatni yakunladi Vishnevskiy.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval "O‘zbektelekom" kompaniyasi provayderlar uchun yangi tariflarni e’lon qilgan edi. Endi 1 Mbit/s uchun internet-xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar sal kam 62 dollar to‘laydilar. Shunday qilib, yil boshidan provayderlar uchun internet narxi 2,5 baravarga kamaygan.

Yangiliklar lentasi
0