TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. 2017-yil 7-iyuldan O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar 1 Mbit/s. uchun (tashqi kanalda) $61,60 ga tushirildi. Bu haqda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi saytida ma’lum qilindi.
Qayd etish joiz, bu joriy yilda tariflarning 14-marta tushirilishidir. 2017-yil 1-yanvardan 1 Mbit/s. uchun $91,07, 6-yanvardan $87,57, 10-yanvardan $86,85, 2-fevraldan $86,11 ga, 16-fevraldan $80,94 ga, 3-martdan $76,61ga, 30-martdan $76,48ga, 4-apreldan $75,80ga, 6-apreldan $71,68 ga, 21-apreldan $67,85 ga, 19-maydan $67,63 ga, 16-iyundan $66,14 ga, 27-iyundan $64,46ga tushirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda tariflar o‘n ikki marta tushirilgan. 2016-yil yanvar oyidan dekabr oyigacha 1 Mbit/s. uchun $156,24 dan $91,50 gacha tushirilgandi.