TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev soliq sohasida islohotlarni boshlab yubordi.
Prezident imzolagan yangi, soliq sohasini isloh qilishga yo‘naltirilgan Farmonga binoan, O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi tuzilmasida:
Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida naqd xorijiy valyuta muomalasiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazorat qilish, qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish bo‘yicha maxsus boshqarma negizida Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi;
Axborot-tahlil bosh boshqarmasining Texnik boshqarmasi negizida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bosh boshqarmasi tashkil etiladi.