O‘zbekiston aholisiga gaz hisoblagichlari kreditga beriladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishHisoblagichlar
Hisoblagichlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, kiritilgan o‘zgartishlarga binoan gaz hisoblagichini o‘rnatmagan maishiy iste’molchilar to‘lovni ikki barobar qimmat qiymatda emas, balki belgilangan tarif bo‘yicha to‘lashda davom etadilar

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Gaz hisoblagichlari aholiga "O‘ztransgaz" kompaniyasi hisobidan kreditga beriladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga kompaniya vakili.

Gaz ta’minoti xodimlari sun’iy qarzdorliklarni fuqarolarga taqsimlab berishgan
"Hozirgi kunda buni amalga oshirish bo‘yicha "O‘ztransgaz"ning ichki buyrug‘i ishlab chiqilyapti. Ushbu buyruqda gaz hisoblagichlarni o‘rnatish muddati va to‘lov narxi ko‘rsatiladi. Gaz hisoblagichlar markazlashgan holda kompaniya tomonidan o‘rnatiladi",  dedi kompaniya vakili.

U shuningdek, aholiga bu haqda ogohlantirish yuborilishini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun o‘zbek OAVlarida gaz hisoblagichlarini o‘rnatmagan maishiy iste’molchilar uchun ikki barobar to‘lov bekor qilingani xabar qilingan edi.

"O‘ztransgaz" kompaniyasi vakili 1-oktabrdan kuchga kirishi kerak bo‘lgan qarorning mazkur bandi haqiqatda bekor qilinganini tasdiqladi.

Shu tariqa, gaz hisoblagichini o‘rnatmagan maishiy iste’molchilar to‘lovni belgilangan tarif bo‘yicha to‘lashda davom etadilar.

Yangiliklar lentasi
0