TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Gamburgda bo‘lib o‘tgan G20 sammitidan keyin Rossiya va AQSh prezidentlarining "qisqa suhbati" bo‘lib o‘tgan edi. bu haqida jurnalistlarga Oq uy vakili xabar bergan edi.
"Putin va Tramp orasida hech qanday "ikkinchi uchrashuv" bo‘lgini yo‘q. Tushlik so‘nggida qisqa suhbat bo‘ldi xolos. Oq uy ikkinchi uchrashuv haqidagi ma’lumsotlarni yashirmoqchi degan gaplarning barchasi yolg‘onchilik, pastkashlik va ablahlik", — deb prezident vakilining so‘zlarini keltiradi Reyter agentligi.
Donald Tramp va Putinning "yashirin uchrashuvi" haqida dastlab Eurasia Group xalqaro konsalting firmasi rahbari Yan Bremmer Bloomberg agentligi bilan bo‘lgan suhbatda xabar qilgan edi. Uning aytishiga ko‘ra, ikki rahbar birinchi rasmiy uchrashuvdan keyin yana bir soat davomida suhbatlashgan. Bundan xabar topgan AQSh OAVlari esa, Oq uy bu haqida xabar bermagan edi, deman ular buni yashirgan deb jar solishga tushgan edi.
Xususan, Washington Post nashri yozishiga ko‘ra, G20 rahbarlari uchun tashkil qilingan kechgi ovqat vaqtida prezident Tramp o‘z joyidan turib Vladimir Putinning yoniga kelib o‘tirgan va suhbat qilgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytishiga qaraganda ikki rahbar asosiy ikki soatlik muzokaralardan keyin ham suhbat qilish uchun vaqt yetarli bo‘lgan, ya’ni hech qanday yashirin uchrashuvga hojat bo‘lmagan.
"Yashirin uchrashuv" haqidagi xabarlarning paydo bo‘lishi Donald Trampning ham g‘azabini qo‘zg‘adi.
"Yolg‘onchi OAVlarning yashirin kechki ovqat haqidagi xabari bu "kasallik", dedi. Germaniya bosh kotibi barcha G20 rahbarlari va ularning rafiqalari uchun kechgi ovqa tashkil qilgan. Buni OAVlar ham yaxshi biladi", — deb yozib qoldirgan Tramp o‘z twitterida.
RIA Novosti xabariga asosan.