Tramp va Putinning birinchi uchrashuvi qanday o‘tdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinimayet uchastie v sammite "Gruppi dvadsati" v Gamburge
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v sammite Gruppi dvadsati v Gamburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G20 sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan prezidenntlar uchrashuvi AQSh va Rossiya orasida, dunyo xavfsizligiga tahdid solayotgan muammolarni hal qilish uchun, suhbatning boshlanishi bo‘ldi.

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning birinchi yuzma-yuz uchrashuvi kecha Gamburgda “Katta yigirmatalik” sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Yarim soatga mo‘ljallanga uchrashuv 2 soatdar ortiq cho‘zilib ketdi. Unda dunyoning dolzarb muammolari muhokama qilindi. Prezidentlar, shuningdek, Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashish masalasini ham o‘zaro muhokama qilishgan.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp va Putinning ilk uchrashuvda qanday masalalar muhokama qilinadi?

Esingizda bo‘lsa, Donald Tramp prezident bo‘lgan kunidan boshlab uning raqibi Xillari Klinton tarafdorlari Rossiya xakerlari AQShdagi saylovlarga aralashishda ayblab kelmoqda. Ular bunga aniq isbot keltira olmasada, aytishlaricha “AQShning 17ta maxsus xizmati buni tasdiqlagan”.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytishiga qaraganda, Tramp Putindan Rossiya AQSh prezident sayloviga aralashmagani haqida aniq javob olgan va ushbu javobni qabul  qilgan.

Undan tashqari uchrashuvda, Suriya, Ukraina va Shimoliy Koreya kabi dunyo xavfsizligiga tahdid qilayotgan muammalar muhokama qilingan.  Shuningdek,  AQSh va Rossiya orasidagi munosabatlar darajasi ham ko‘rib chiqilgan.

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerberg Makmaster aytishiga qaraganda Tramp va Putin uchrashuvida hech qanday murakkab masala hal qilinmagan.  

“Hech qanday muammo hal qilingani yo‘q. Hech kim ushbu uchrashuvda muammolar hal qilinishini kutmagan ham edi, lekin uchrashuv bir qator murakkab masalalar bo‘yicha suhbatning boshlanishi bo‘ldi. Biz endi ularni hal qilish uchun birga ishlashni boshlaymiz”, — dedi maslahatchi.

Umuman, ikkala prezident ham uchrashuv natijalaridan qoniqqan. Tramp uchrashuvni kelajak nuqtayi nazaridan “ajoyib” deb izohlagan.

Eslatib o‘tamiz, G20 sammita Germaniyaing Gamburg shahrida 7-8 iyul kunlari bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0