TOShKENT, 29-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti qaroriga ko‘ra, eksport qilish taqiqlangan tovar va mahsulotlar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi, deyilgan Lex.uz. portalida.
Go‘sht va oziq-ovqat go‘sht submahsulotlar (0201-0210 TIF kodli, 0204 13 990 9, 0207 14 990 9, 0210 99 800 0 TIF TN kodi bo‘yicha tovuq oyoqlaridan tashqari) O‘zbekiston prezidenti yoki hukumat qaroriga asosan eksport qilish mumkin.
Oldin mazkur tartib faqat uy parrandasi oziq-ovqat submahsulotlariga (0207 53 000) qo‘llanilgan. Go‘sht va oziq-ovqat go‘sht submahsulotlari esa (yuqorida keltirilgan TIF TN kodlar bo‘yicha tovuq oyoqlaridan tashqari) eksport qilish taqiqlangan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.