TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Dunyoga mashhur munajjim Svetlana Dragan 2017-yil bir qancha tabiiy va texnogen ofatlarni olib keladi, hatto urush boshlanishi mumkin, deya bashorat qilmoqda.
"Yoz mavsumida (4 avgustda) Yupiterning Plutonga qarshi turishi kuzatiladi. Bu esa tarixda tub burilish yuz berishidan dalolat, ammo bu o‘zgarishlar natijasini oradan vaqt o‘tib sarhisob qila olamiz",- deb aytgan bashoratchi Sputnik Belarus radiosi muxbiriga.
Svetlana Dragan urush yuzaga kelishi ehtimoli haqida ham aytib o‘tgan. Bashoratchining so‘zlariga ko‘ra, yulduzlar hokimiyat uchun kurashni yuzaga keltirishi mumkin: bunda kapital taqsimotida yetakchilik, dunyo tartib-qoidalarini o‘rnatish huquqi uchun kurash avj olishi kuzatiladi.
"To‘g‘ri va ko‘chma ma’noda cho‘g‘ alanga olishi mumkin", — deb ta’kidlagan bashoratchi.