Munajjimlar avgustda SSSR qayta birlashishini bashorat qilmoqda

© Sputnik BelarusAstrolog Vasilina Miskevich
Astrolog Vasilina Miskevich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Kelajak 18-yil davomida biz Sovet Ittifoqiga o‘xshash birlashmaga qaytishimiz mumkin. Uning nomi boshqacha bo‘ladi albatta", - dedi munajjim.

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Belorussiyalik munajjim Vasilina Miskevich iyul va avgust oyida sobiq SSSR mamlakatlari hayotida yuz berishi mumkin bo‘lgan muhim voqealar haqida so‘zlab berdi, Sputnik Belarus xabariga asosan.

Munajjim Vasilina Miskevich aytishiga qaraganda, 21-avgustda boshlanadigan quyosh tutilishi nafaqat bir necha tabiiy ofatlarga, balkim yangi siyosiy bloklar va ittifoqlar tashkil bo‘lishiga olib kelishi mumkin ekan.

"Sovet Ittifoqi tarqalishi natijasida paydo bo‘lgan mamlakatlar yana qayta birlashishi mumkin. Ularning soni 3 karrali bo‘ladi, ya’ni 3, 6, 9, yoki 12 ta. Ushbu quyosh tutilishi 18-yil davom etadi. Ushbu muddat davomida biz Sovet Ittifoqiga o‘xshash birlashmaga qaytishimiz mumkin. Uning nomi boshqacha bo‘ladi albatta", — dedi munajjim.

Mitsikevichning so‘zlariga qaraganda, bir necha yil oldin yulduzlarning ma’lum tartibda joylashishi Sovet Ittifoqi rivojlanishini to‘xtatib qo‘ygan edi. Bu yil yozda ushbu vaziyatga barham beriladi va Yupiter Saturn atrofida halqa qilishda davom etadi.

Astrolog rasskazala o gradushem zatmenii i yego vozmojnix posledstviyax
Yangiliklar lentasi
0