TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. WBC silver chempionlik kamari uchun o‘tkazilgan jangda Qudratillo Abduqahhorov g‘oliblikni qo‘lga kiritildi.
Kuni kecha Yekaterinburg shahrida o‘zbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov rossiyalik bokschi Dmitriy Mixaylenko bilan jang o‘tkazdi.
12 raund davom etgan jangda Abduqahhorov raqibidan ustunlik qildi va hakamlar bir ovozdan g‘alabani O‘zbekiston bokschisiga berishdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Qayd qilish joizki, 23 yoshli O‘zbekiston sportchisi Abduqahhorov hisobida 12 (shulardan 8 tasida nokaut bilan) g‘alaba qozongan, mag‘lubiyatlar yo‘q.