Soliq qo‘mitasi qonunbuzarliklar "xit-paradini" e’lon qildi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Soliq sohasida qoidabuzarliklar amalga oshirgan 3392 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan, jarimalarning umumiy miqdori esa 1 mlrd so‘mdan oshgan.

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Davlat soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabariga ko‘ra,  O‘zbekistonda 7-13 iyul davomida soliq sohasida 4150 ta qoidabuzarlik aniqlangan.

Ushbu qonunbuzarliklarni o‘rganish doirasida 3392 nafar fuqarolarga nisbatan ma’muriy jazo choralar qo‘llanilgan, jarimalarning umumiy miqdori esa 1 mlrd so‘mdan oshgan.Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda eng ko‘p uchraydigan qonunbuzarliklar quyidagilardan iborat:

Plastik kartalar orqali amalga oshiriladigan to‘lovlarni qabul qilish terminali - Sputnik O‘zbekiston
Soliq qo‘mitasi: murojaatlarning aksariyati terminallar ishlatilmayotgani bilan bog‘liq

1. Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish: chek bermasdan, kassa mashinalarisiz va to‘lov terminalisiz savdo qilish;

2. Bino va turar joylarni notarial shartnoma tuzmasdan ijaraga berish;

3. Turar joy huquqi hujjatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirmaslik;

4. Soliq deklaratsiyalarini o‘z vaqtida topshirmaslik;

5. Tadbirkorlik faoliyatini noqonuniy amalga oshirish;

6. Yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish;

7. Kechiktirilgan debitorlik qarzlari;

8. Xizmat ko‘rsatuvchi bankka to‘lov topshiriqnomalarini o‘z vaqtida topshirmaslik;

Shuningdek, 96 jismoniy shaxs va 1000ga yaqin tadbirkorlik subyektlari birinchi marta qonunbuzarlik qilgani aniqlangan. Ular davlatga yetkizilgan zararni to‘liq qoplash hamda bir oy muddat ichida qoidabuzarlikni bartaraf etish sharti bilan javobgarlikdan ozod qilingan.

Yangiliklar lentasi
0