TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda sovet davrining eng mashhur zavodi — "Tosho‘yinchoq" faoliyati qayta tiklanadi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Davlat rahbari buyrug‘i asosida obyekt beg‘araz asosda balans qiymati bo‘yicha O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga topshiriladi, so‘ng bankning boshqaruvchi kompaniyasi — NBU Investment MChJga sifatli va zamonaviy o‘yinchoqlar ishlab chiqarishni tashkil qilishga investitsiya ajratish sharti bilan taqdim etiladi
Rejaga ko‘ra, "Tosho‘yinchoq" zavodi negizida bank ulushi ishtirokida turli korxonalar tashkil etiladi. Shu tariqa, keyinchalik O‘zbekiston milliy banki ushbu kompaniyalardagi o‘z ulushlarini valyutaga sotishi mumkin.
Milliy bank va boshqaruvchi kompaniyaga 2018-yil 1-martga qadar o‘yinchoqlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, ushbu mahsulotni ham ichki, ham tashqi bozorlarda realizatsiya qilish topshirildi.