Mirziyoyev parvozlar xavfsizligini ta’minlash tizimi ustidan nazoratni kuchaytirdi

© www.uzairways.comSamolet uzbekskix avialiniy
Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti yangi qaroriga asosan parvozlar xavfsizligini ta’minlash tizimi bo‘yicha nazorat yanada kuchaytiriladi

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat parvozlarning xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qarorni imzoladi. Qaror matni prezident saytida keltirilgan.

Mejdunarodniy aeroport Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
"Toshkent-4" terminalini qurish ishlari to‘xtatildi

Ushbu hujjatga asosan, inspeksiyaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiritildi: parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha fuqarolik aviatsiyasi faoliyatini sertifikatlashtirish, aeroportlarda havo kemalarga xizmat ko‘rsatish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish va eksperimental aviatsiya va fuqarolik aviatsiya faoliyatini nazorat qilish, havo kemalari bilan yuz bergan aviatsiya xalokati va baxtsiz xodisalarni tergov qilish.

Bundan tashqari, Davavianazorat tuzilmasida ikkita yangi bo‘lim faoliyati yo‘lga qo‘yiladi: uchuvchisiz uchar apparatlarini hisobga olish va ulardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi va xorijiy foydalanuvchilarni inspeksiya qilish bo‘limi.

Parvozlar va uchish apparatlarni hisobga olish va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha yanada nazorat kuchaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimi Fransis Deleg may oyida Chimonda paraplanda uchish vaqti halokatga uchraganligi haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0