"Toshkent-4" terminalini qurish ishlari to‘xtatildi

© FlickrMejdunarodniy aeroport "Tashkent"
Mejdunarodniy aeroport Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qaror talablariga ko‘ra, mahalliy yo‘nalishdagi parvozlarni amalga oshirish binosi rekonstruksiya qilinadi va "Toshkent-Sharq" aerodromida bazasida zamonaviy aeroport majmuasi barpo etiladi

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Toshkent aeroportining "Toshkent-4" terminalini qurish bo‘yicha ishlar to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 30-iyun kuni imzolangan qarorida ma’lum qilingan.

Toshkent xalqaro aeroportiga rasman Islom Karimov nomi berildi

Hujjatda qayd etilishicha, terminal qurilishi aholi turar joylari va boshqa binolar buzilishini, Qorasuv kanali yoqasidagi hududdan aholini ko‘chirishni talab etadi. Bular o‘z navbatida ushbu tuman aholisi tomonidan noroziliklarga sabab bo‘lgan.

Buning o‘rniga Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Bu ishlar aeroportning parvozlarni qabul qilish qobiliyatini oshirish va xalqaro parvozlar yo‘lovchilariga yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatishga qaratiladi.

Shuningdek, qaror talablariga ko‘ra "Toshkent-Sharq" aerodromida fuqarolik aviatsiyasi uchun moslashtiriladi, uning bazasida zamonaviy aeroport majmuasi barpo etiladi.

Qurilish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhiga O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchilik qiladi.

Loyihaning moliyaviy manbaalari — xorijiy davlatlarining moliyaviy institutlarining mablag‘lari va "O‘zbekiston havo yo‘llar" milliy aviakompaniyasining o‘z mablag‘lari.

“Toshkent-4” terminali qurilishi ushbu yil boshlanadi

Prezident qaroriga asosan "Toshkent-Sharq" aerodromida 2018-yil 1-fevraliga qadar qurilish-montaj ishlari amalga oshirish va aerodromdan harbiy-transport aviatsiyasi ko‘chirish masalasi hal qilish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, "Toshkent-4" terminali qurilishi bo‘yicha investitsion loyihasi 2015−2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmalarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturiga kiritilgan edi.

Terminalning me’moriy loyihasi Janubiy Koreyaning kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilib, qiymati 430 million dollarga baholangan edi. 2019-yilda qurilish ishlarini yakunlash rejalashtirilgan edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0