Manservizi: O‘rta Osiyoda o‘zaro hamkorlik darajasi pastligi - hayratlanarli hol

© MID UzbekistanaAbdulaziz Kamilov i Stefano Manservisi
Abdulaziz Kamilov i Stefano Manservisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YeI delegatsiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, O‘rta Osiyo mamlakatlari orasidagi o‘zaro iqtisodiy munosabatlarda muammolar borligi aniq.

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘rta Osiyo mamlakatlari orasida o‘zaro savdo munosabatlarining pastligi bizni hayron qoldirdi, dedi Yevropa Ittifoqining Ichki ishlar komissiyasi direktori Stefano Manservizi, 12-14 iyul kunlari O‘rta Osiyo mumlakatlariga bo‘lib o‘tgan tashrifi davomida.

O‘rta Osiyo mamlakatlari orasidaga o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish masalasi YeIni qiziqtiradimi — degan savoliga, Manservizi quyidagicha javob berdi:

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Xalqaro hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha Bosh direktorati rahbari Stefano Manservisi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida moliyaviy bitim imzolandi

— Ha, bu borada ikkita yo‘l bor: birinchisi — hamkor bo‘lish va hududning har bir mamlakatiga iqtisodiy faollikni kuchaytirishga, yangi ish joylari yaratishga yordam berish. Biz ushbu masalani kecha Tojikistonda ham muhokama qilgan edik va ertaga (Qirg‘izistonda) ham muhokama qilamiz.

Lekin, iqtisodiy o‘sish  kuzatilayotgan va islohotlar olib borilayotgan O‘zbekistonda ham qo‘shnilar bilan savdo-sotiq hajmi mamlkat YaIMining 5% idan kam ekan. Ushbu fakt chetdan qaragan kishini hayratda qoldiradi.

Bu yerda qandaydir muammo borligi aniq. Biz — Yevropa Ittifoqi bu masala bo‘yicha o‘z tajribamiz bilan bo‘lishishimiz mumkin.

Yevropa investitsiya banki O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyor

Xabaringiz bo‘lsa, Yevropa Ittifoqini yaratishda biz dastavval hudud mamlakatlari orasda hamkorlikni kuchaytirganmiz, keyin esa uning asosida umumiy bozor yaratilgan. Undan keyin esa barcha uchun yagona standartlar va muammolarni hal qilishning umumiy uslublarini joriy qilganmiz.

Albatta, biz YeI modelini eksport qilmoqchi emasmiz, lekin o‘z tajribamiz bilan bo‘lishishga tayyormiz, kerak bo‘lsa texnik yordam ham ko‘rsatishimiz mumkin. Bu hudud uchun foydali bo‘lishi va kelajakda kattaroq natijalarga erishish mumkin. O‘rta Osiyoda buning uchun ulkan imkoniyatlar bor.

Men yana takror aytaman, YaIMining faqat 5% hududiy mamlakatlar bilan savdo-sotiqqa to‘g‘ri kelishi —  bu juda kichik ko‘rsatgich. Shuning uchun kelinglar birga ishlaylik. Biz o‘z tajribamiz bilan baham ko‘rishishga tayyormiz. Biz shuni aniq bilamizki, umumiy iqtisodiy faollik hajmi ko‘payganda, hududda ko‘proq tinchlik, barqarorlik va har bir mamlakat uchun ko‘proq suverenitet paydo bo‘ladi, — dedi Manservizi.

Intervyuning to‘liq matnini nuz.uz sahifasidan o‘qishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0