O‘zbekistonda internet xizmati narxi yana tushirildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda provayderlar uchun internet xizmati narxi o‘tgan besh oy davomida o‘n birinchi bor arzonlashdi

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2017-yilning 19-mayidan boshlab provayderlar uchun internet-xizmatlariga tariflar 1 Mbit/s uchun (tashqi kanalda) 67,63 dollarga tushirildi. Bu haqda "O‘zbektelekom" AJ ma’lum qildi.

Montaj vishek sotovoy svazi - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbektelekom” yarim yilda internet tezligini uch baravar oshiradi

O‘zbekistonda provayderlar uchun internet xizmati narxi o‘tgan besh oy davomida o‘n birinchi bor arzonlashdi.

Tariflar 2017-yil 1-yanvardan 1 Mbit/s uchun $91,07, 6-yanvardan $87,57, 10-yanvardan $86,85, 2-fevraldan $86,11, 16-fevraldan $80,94, 3-martdan $76,61, 30-martdan $76,48, 4-apreldan $75,80, 6-apreldan $71,68, 21-apreldan $67,85ga tushirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda tariflar o‘n ikki marta arzonlashgan. 2016-yil yanvar oyidan dekabr oyigacha narxlar 1 Mbit/s uchun $156,24dan $91,50gacha tushirilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0