Qirg‘iziston prezidentligiga da’vogarlarning uchtasi tergov izolyatorida o‘tiribdi

© Sputnik / Aleksey NichukinFlag na posolstve Kirgizstana
Flag na posolstve Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Da’vogarlar hozircha nomzod hisoblanishmaydi – ro‘yxatga olish 1-avgustdan boshlanadi

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Qirg‘iziston prezidentligiga nomzodlarning bir nechtasi hozirda tergov izolyatorida o‘tiribdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Abdijapar Bekmatovga asoslanib.

Uning aytishicha, MSKga nomzodlardan ariza tushishi bilan ularning sudlanganligi bor-yo‘qligi haqida ma’lumot olish uchun IIVga murojaat qilinadi.

"Ayni paytda Omurbek Tekebayev, Igor Trofimov va Kuttubek Beshbakov tergov izolyatorida saqlanmoqda", — dedi Bekmatov.

Qirg‘izistonliklar - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda 25 kishi prezident bo‘lish niyatdaligini bildirdi

Omurbek Tekebayev 2010-yildagi aprel voqealaridan keyingi vaqtinchalik hukumat a’zosi bo‘lgan davrida korrupsiya bilan shug‘ullanganlikda ayblanmoqda. Rossiyalik biznesmen Leonid Mayevskiyning ta’kidlashicha, u "Alfa Telekom" boshqaruviga ruxsat berish uchun bir million dollar pora olgan. Ushbu holat bo‘yicha Omurbek Tekebayev va Duyshenkul Chotonovlar hibsga olingan.

Fuqaro faoli Igor Trofimov shu yilning may oyida hibsga olingan. Unga Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 299-moddasi (Milliy, irqiy, diniy yoki hududlararo adovat uyg‘otish) bo‘yicha aybdov e’lon qilingan.

Tadbirkor Kuttubek Beshbakov Jinoyat kodeksining 166-(Tovlamachilik) va 171-moddalari (O‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish) bo‘yicha ayblanmoqda.

Bekmatovning qo‘shimcha qilishicha, da’vogarlar hozircha nomzod hisoblanishmaydi – ro‘yxatga olish 1-avgustdan boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0