Patrul-post xizmati to‘lov asosida xizmat ko‘rsatishga o‘tishi mumkin

Obuna bo‘lish
Qaror loyihasi 2017-yil 1-maydagi Vazirlar Mahkamasining "Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston IIV tomonidan ishlab chiqilgan "O‘zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati organlarining aholi gavjum bo‘ladigan joylarda shartnoma asosida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori loyihasi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokamaga chiqarilgan.

Jismoniy yoki yuridik shaxslarga beriladigan sim kartalar soni cheklanadi

Qaror loyihasi 2017-yil 1-maydagi Vazirlar Mahkamasining "Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan.

Ushbu nizom loyihasi talablariga ko‘ra, IIV patrul-post xizmati organlari aholi gavjum bo‘ladigan joylarda qo‘riqlash xizmatini to‘lov asosida amalga oshirilishi belgilangan. To‘lovlar shartnoma asosida yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadi.

Aholi gavjum bo‘ladigan joylarga ko‘chalar, maydonlar, istirohat bog‘lari, vokzallar, aeroportlar va boshqa jamoat joylar (gipermarket, yirik savdo majmualar) kiradi.

Qaror loyihasida yuridik shaxslardan tushgan mablag‘lar patrul-post xizmati organlari faoliyatini amalga oshirish va bo‘linmalarni jihozlash uchun yo‘naltiriladi.

Shu bilan birga, nizom loyihasida patrul-post xizmati organlari asosiy vazifalari va funksiyalari sanab o‘tilgan. Undan tashqari jamoat xavfsizligini ta’minlash xizmatini amalga oshirish bo‘yicha namunaviy shartnoma namunasi ilova qilingan.

Yangi hujjat 2017-yil 20-iyuliga qadar muhokama qilinib, 2017-yil 1-avgustdan kuchga kiritish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0