Prezident Namangan shahar hokimini ishdan oldi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Namanganda bo‘lgan ishchi tashrifi davomida, Namangan shahriga yangi hokim tayinladi.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Namanganda viloyat rahbarlari va faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda UzNews nashri.

Bo‘lib o‘tgan kengash davomida, faoliyatining ayrim yo‘nalishlarida xatoga yo‘l qo‘ygan, Namangan shahar hokimi Bahodir Bekxo‘jayevni ishdan olishga qaror qilindi, deyilgan xabarda.

Shuningdek, Namangan viloyati hokimining ishlab chiqarish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalikni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari To‘lqin Dadaboyev ham o‘z lavozimidan ozod etildi.

Namngan shahrining yangi hokimi etib Shavkatjon Abdurazakov tayinlandi. Abdurazzakov oldin O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasida Departament rahbari vazifasida ishlab kelgan.

© Xokimiyat Namanganskoy oblastiShavkatjon Abdurazakov
Noviy xokim Namangana Shavkatjon Abdurazakov  - Sputnik O‘zbekiston
Shavkatjon Abdurazakov

 

Yangiliklar lentasi
0