Import avtomobillarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi osonlashdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishKalujskiy zavod "PSMA Rus"
Kalujskiy zavod PSMA Rus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bojxona tartib-qoidalarni soddalashtirish tadbirkor va jismoniy shaxslarga yengilliklar yaratish, ularning vaqtini va mablag‘ini tejash maqsadida amalga oshirilmoqda.

TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Xorijdan olib kelinayotgan avtotransport vositasin bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi, deb xabar qilmoqda 1news.uz nashri.

Ushbu kunga qadar O‘zbekistonga chet elda ishlab chiqarilgan avtomobil olib kirilganda, “Avtotransport vositasini olib kirish guvohnomasi” rasmiylashtirilar va 10 kun muddat ichida ushbu guvohnoma Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan  ruyxatga qo‘yilar edi.

Vazirlarmahkammasi tomonidan joriy qilingan yangi tartibga ko‘ra, bundan buyon yuqorida qayd etilgan guvohnoma bekor qilinib, barcha kerakli ma’lumotlar bojxona tomonidan elektron aloqa vositalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat yo‘l harakati xizmatiga yuboriladi.

Avtomobili KamAZ na territorii Kamskogo avtomobilnogo zavoda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ba’zi yuk avtomobillar import bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi

Ikkinchidan, oldingi tartib qoidaga ko‘ra, chet eldan olib kelingan transport vosiatlariga, olib kelinganidan so‘ng 5-yil muddat ichida uning egasi o‘zgargan taqdirda, yoki guvohnoma yaroqsiz holga kelgan hollarda avtotransport egasining bojxona organlariga yozgan arizasi talab qilinar edi.

Bundan buyon yuqorida ko‘rsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan hech qanday qo‘shimcha hujjatlar rasmiylashtirilmaydi. “Vaqtincha olib kirish” bojxona rejimi ostida olib kirilgan avtotransport vositasining "Guvohnomasi"ga yangi ma’lumotlar elektron ma’lumotlar qayta rasmiylashtirilgandan so‘ng yo‘l qo‘yiladi.

Bu kabi islohotlar tashqi iqtisodiy faoliyatda ishtirok etayotgan tadbirkor va jismoniy shaxslarga yengilliklar yaratish, ularning vaqtini va mablag‘ini tejash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0