"Odnoklassniki"dagi tanishuv tufayli 20 yashar Jonibek yetti yilga qamaldi

© Press-slujba OdnoklassnikovOdnoklassniki
Odnoklassniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jonibekning internetdagi tanishlaridan biri - farg‘onalik Xolid yigitchaga go‘zal hayot, baxtli yashash qoidalari haqida aytib, rom qiladi

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. "Odnoklassniki"dagi tanishuv tufayli 20 yoshli yigit yetti yilga qamaldi, deb xabar qildi "Zarafshon" gazetasi.

Eksremistik adabiyotlar namunalari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik talaba jihod qilishga va xalifalik tuzishga da’vat qilgan
Xabarda aytilishicha, kollejni bitirib tayinli ishning boshini tutmagan Jonibek Yusupov mo‘may pul topish ishtiyoqida Rossiyaga boradi. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga borib, yollanma ishlarda mehnat qiladi, to‘rt-besh rubl topadi. Bo‘sh vaqtlarida telefon kovlashni o‘ziga odat qilgan yigit "Odnoklassniki.ru" ijtimoiy tarmog‘ida Xolid va Abdullo ismli shaxslar bilan tanishadi. Ular bilan doimiy ravishda suhbatlashib, diniy ekstremizm va separatizm, aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni qabul qilib oladi. O‘zining uyali telefoni xotirasida saqlab qo‘yadi.

Jonibek internetdagi tanishlari bilan yanada yaqinroq do‘stlashadi. Xolid — farg‘onalik, 19 yoshda. U Jonibekni go‘zal hayot, baxtli yashash qoidalari haqida aytib, rom qiladi. Shu tariqa Suriya davlatida musulmonlar xalifalik davlati barpo etish maqsadida kofirlarga qarshi kurashayotgani, o‘zini musulmon deb hisoblagan har bir fuqaro bu yo‘lda jang qilmog‘i, kurashmog‘i zarurligini aytib, Jonibekni ishontiradi. Xolid uni o‘ziga yaqin do‘st deb bilib, Abdullo degan ustozi bilan tanishtiradi. Fikr va qarashlari bir bo‘lgan Abdullo ham uni jihod qilishga da’vat etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali jihodga chorlovchi audio va video materiallarni Jonibekning telefoniga jo‘natib, o‘zlarining safiga qo‘shilishga undaydi. Jonibek videolarni ko‘rib ta’sirlanadi, Suriyadagi musulmonlarga yordam berish lozimligini o‘ylaydi, u yoqqa borishga qiziqadi.

Xolid bilan Abdullo uni Moskva shahriga taklif qilib, shu yerdan o‘ylagan niyatlari yo‘lida birga harakat qilishlarini, Suriyaga borishda yordam berishini aytganda, Jonibek o‘yga cho‘madi. Ikkilanib, yurtiga qaytishga ahd qiladi.

"Sankt-Peterburg- Toshkent" yo‘nalishidagi avtobusda O‘zbekistonga jo‘naydi. Qozog‘istonning Chimkent viloyatidagi O‘zbekiston bilan chegara postiga yetib kelganida bojxona postidan o‘tayotganida telefon apparati va undagi flesh karta xotirasida saqlanayotgan jihodga chorlovchi audio va video materiallarni bojxona xodimlariga aytmasdan yashiradi.

Psixolog Yevgeniya Kim - Sputnik O‘zbekiston
Terrorchi yollovchilar changaliga tushmaslik uchun ruhshunos maslahati
O‘zbekiston hududiga xufona olib o‘tilgan xavfli narsa baribir fosh bo‘ldi. Jonibek o‘zi istiqomat qiladigan Past Darg‘om tumani O‘rtacharxin mahallasida sinfdoshi Mehroj Orifov bilan uchrashib, xorijdan keltirgan telefonini ko‘z-ko‘z qiladi. Mehroj gap orasida "android" dasturli telefon apparati sotib olmoqchiligini bildirgach, Jonibek telefonida shunday dastur borligini aytadi va ular telefonlarini almashishadi. Mehroj uyiga kelib, qiziqib telefonning flesh kartasini ochsa, Iroq va Shom davlatlarida bo‘layotgan janglar tasviri tushirilgan videoroliklar, ushbu janglarga kelib qo‘shilishni targ‘ib qiluvchi chaqiriqlardan qo‘rqib ketadi.

Ertasi kuni Jonibek telefonida xavfli o‘yinlar borligi esiga tushib, Mehrojdan flesh kartani olib o‘zining telefoniga o‘rnatadi. Lekin jo‘rasining "Nokia" telefoni xotirasida xavfli o‘yinlar yozilib qolgandi.

Bundan xabar topgan huquq-tartibot idoralari xodimlari Jonibek Yusupovni inkor etib bo‘lmas dalillar bilan qo‘lga olishdi.

O‘yindan o‘t chiqdi, deb shuni aytadilar. Jonibek yoshlik-g‘o‘rlik qilib, o‘zi bilmay, tushunmay, yot g‘oyalar ta’siriga tushib, telefondagi o‘yindan o‘t chiqqanini sezmay qoldi. Sud uni 7-yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Yangiliklar lentasi
0