O‘zbekistonlik talaba jihod qilishga va xalifalik tuzishga da’vat qilgan

© Ministerstvo vnutrennix del UzbekistanaEksremistik adabiyotlar namunalari
Eksremistik adabiyotlar namunalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarosi ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik materiallar tarqatish bilan shug‘ullangan va o‘zining profiliga “namoz o‘qimaydiganlarni nima deyish mumkin?” deb yozgan.

 

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekiston militsiyasi Qo‘qon Pedagogika instituti talabasi Mo‘minjon Siddiqovni ekstremistik materiallar tarqatgani uchun qo‘lga oldi, 12news.uz xabari asosida.

Siddiqov o‘z telefoniga imom Rafiq Kamolovning dinlar aro dushmanlik va “Jihod” qilishga chaqiruvchi chiqishlarini yozib olgan.

"U ijtimoiy tarmoqda o‘ndan ziyod jihod bilan bog‘liq bo‘lgan profillar egalari bilan yozishib borgan va ushbu faoliyatga shunchalik berilib ketgan-ki, hatto o‘z atrofidagilarni ham jihod va xalifalik tashkil qilishga unday boshlagan”, — deydi qidiruv organlari vakili.   

Talaba ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini unga qo‘shilishga chaqirgan. U o‘z profilini cheklangan kishilar uchun ochib, unga “namoz o‘qimaydiganlarni nima deyish mumkin” deb status qo‘ygan. 

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin O‘zbekistonning ikki fuqarosi ekstremistik ma’nodagi materiallarni olib kirmoqchi bo‘lgani uchun 3-yilga qamaldi. Ularning telefoni xotirasidan “O‘zbekiston Islom harakati” terorrchilik tashkiloti mafkuraviy ma’ruzalari topilgan.

“O‘zbekiston Islom harakati” 1996-yilda O‘zbekistonda ekstremistik deb ta’qiqlangan partiya a’zolaridan tomonidan tashkil qilingan. O‘IH Juma Xo‘jayev va Tohir Yo‘ldoshevlar tomonidan boshqarilgan. Keyinchalik tashkilot tarkibiga Tojikiston va Qirg‘izstonlik ekstremistlar qo‘shilib tashkilot o‘z nomini “Turkiston Islom harakati” deb o‘zgartirgan.

INTERPOL binosi - Sputnik O‘zbekiston
IDga qo‘shilgan O‘zbekiston fuqarosi xalqaro qidruvga e’lon qilindi

Tashkilot shtab-kvartirasi Afg‘onistonda joylashgan bo‘lib, uning jangarilari oxirgi yillarda Afg‘oniston va Pokiston huudida bo‘lgan janglarda “Tolibon” terrorchilik guruhi safida jang qilgan. Undan tashqari TIH Tojikiston va Qig‘izistonda bo‘lgan bir necha teraktlar tashkilotchisidir. 2014-yilning 6-oktabrida TIH rahbari Usmon G‘oziy tashkilot to‘laligicha “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti boshqaruvi ostiga o‘tganligini e’lon qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0