TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Rossiya IIV migratsion kodeks ishlab chiqishni rejalashtirmoqda, deb ma’lum qildi Rossiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy.
"Rossiya migratsiya qonunchiligi muntazam ravishda o‘zgarib boradi. Biz oldimizga shu yil yakuniga qadar migratsiya sohasidagi qonunchilikni to‘liq tahlil qilish vazifasini qo‘yganmiz. Shundan so‘ng Rossiya migratsiyaga oid kodeksini tayyorlashga kirishamiz",- deb ta’kidladi Gorovoy Rossiya Federatsiyasi Qonunchilik Kengashi prezidium yig‘ilishida.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda Rossiya asosiy milliy migratsiya qonunchiligini — Rossiya Konstitutsiyasi, 2 ta xalqaro bitim va shartnomalar, 5 ta federal qonunlari, 4 ta hukumat qarorlari va 1 ta vazirlik buyrug‘i tashkil etadi.