Tojikistonda tibbiyot kolleji direktori 1800 $ pora bilan qo‘lga olindi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konibodom shahar tibbiyot kolleji direktori 1800 dollar miqdorida bo‘lgan pulni olayotgan paytda qo‘lga olindi

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Tojikistonda pora olishda ayblanib Konibodom shahar tibbiyot kolleji direktori qo‘lga olindi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmatiga tayangan holda Sputnik Tojikiston.

Dollari SShA izyatie pravooxranitelnimi organami - Sputnik O‘zbekiston
SamDU dekani o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, tibbiyot kollej direktori 54 yoshli ayol bilan Isfara shahrida istiqomat qiluvchi 22 yoshli yigitni noqonuniy yo‘l bilan o‘qishga kiritish masalasida jinoiy til biriktiradi. Ular bu yordam evaziga yigitdan 1800 dollar pulni talab qilishadi.

2017 yil 12-iyul kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida  kollej xodimlari pul olayotgan paytda huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0