SamDU dekani o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi

© Sputnik / NewsTeamDollari SShA izyatie pravooxranitelnimi organami
Dollari SShA izyatie pravooxranitelnimi organami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand davlat universiteti dekan o‘rinbosari Normuhammad Ubaydullayev hamda talaba Shavkat Ustemirovlar imtihondan o‘tish masalasini ijobiy hal qilish uchun abituriyentlardan xorijiy valyutada pul talab qilishgan

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. MXX boshqarmasi tezkor xodimlari maxsus o‘tkazilgan operatsiya davomida Samarqand davlat universiteti "Filologiya" fakulteti dekan o‘rinbosarini pora olayotgan paytda qo‘lga oldilar, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Milliy Xavfsizlik Xizmati vakili.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand bank kolleji direktori o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi

Xabarga ko‘ra, Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro MXXga ariza bilan murojaat qilgan. Arizada yozilishicha, Samarqand davlat universiteti "Filologiya" fakulteti dekan o‘rinbosari Normuxammad Ubaydullayev 3-kurs talabasi Shavkat Ustemirov bilan birgalikda 3 nafar abituriyentdan kirish imtihonlari (test sinovlari)dan o‘tish masalasini ijobiy hal qilish uchun ta’magirlik yo‘li bilan xorijiy valyutada pul talab qilishgan.

"Tezkor operatsiya natijasida Ubaydullayev va Ustemirov yigirma ikki yarim ming AQSh dollarini olayotgan vaqtda o‘z ish kabinetida qo‘lga olindi. Ushbu oliygoh respublika miqyosida eng yetakchi o‘quv dargohlardan biri hisoblanadi. Ular o‘zlarining noqonuniy harakatlari bilan o‘quv dargohi sha’niga dog‘ tushirishdi. Shu bilan birga, ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturini amalga oshirishga to‘sqinliq qildilar", — deb ta’kidladi MXX vakili.

Hozirgi kunda qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishi olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda O‘zbekistonda oliy o‘quv muassasalarga abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish jarayoni aynan qizigan vaqtdir. Aynan hozir MXX tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda o‘z mansab vakolatlarini su’iste’mol qilayotgan shaxslarni aniqlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlarini faol amalga oshirishmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0