Rossiya Federal Migratsiya xizmati 1-oktabrgacha tugatiladi

© Sputnik / Aleksandr Utkin / Mediabankka o‘tishSotrudnik FMS proverayet dokumenti
Sotrudnik FMS proverayet dokumenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoniga asosan, 2016-yilning aprel oyidan boshlab Federal Migratsiya xizmati va va Federal Narkotik moddalarga qarshi kurash xizmatlari Rossiya Ichki Ishlar vazirligi boshqaruviga o‘tkazilgan edi.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Federal Migratsiya xizmati tugatilish sanasini 2017-yilning 1-iyulidan 1-oktabriga ko‘chirdi. Bu haqida huquqiy ma’lumotlar portalida xabar berilgan.

Ushbu yilning 1-oktabriga qadar IIV FMX yopilgani munosabati bilan, Rossiya G‘aznachiligiga tashkilotning tugatilish balansi, soliq  qo‘mitalaridan hisobdan chiqarilganlik haqidagi ma’lumotnomani topshirishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoniga asosan, 2016-yilning aprel oyidan boshlab oldin mustaqil boshqarma bo‘lgan Federal Migratsiya xizmati va va Federal  Narkotik moddalarga qarshi kurash xizmatlari Rossiya Ichki Ishlar vazirligi ixtiyoriga, Migratsiya bo‘yicha Bosh boshqarma hamda Narkotiklar oboroti bo‘yicha bosh boshqarma sifatida o‘tkazilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0