O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi xorijda ilk bor savdo uylarini ochadi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishTekstilnie fabriki v Uzbekistane
Tekstilnie fabriki v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tez kunlarda O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi tomonidan Tojikiston, Rossiya va Bolgariyada savdo uylarini ochadi

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi xorijiy mamlakatlarda ilk bor savdo uylarini ochadi. Bu haqda 14-iyul kuni "Tadbirkor ayol" O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi raisi Gulnora Mahmudova Xalqaro Press-klub yangi shakli — Press-kofe muloqot davomida ma’lum qildi, deb yozadi "Darakchi".

O‘zbek qizi - Sputnik O‘zbekiston
Qizlar tarbiyasi muhim masala - deputatlar joylarda xalq bilan muloqot o‘tkazmoqda

Ushbu savdo uylarini ochishdan asosiy maqsad raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tadbirkor-ayollarga amaliy ko‘mak berish, shuningdek yetarli tajriba va bilimga ega bo‘lmagan tadbirkorlarga tashqi bozorlarga mahsulotlarni olib chiqishga qulay imkoniyat yaratishdir.

Tez kunlarda birinchi savdo uyi Tojikistonda ochiladi. Shuningdek, yana 2 ta savdo uyi Rossiya va Bolgariyada tashkil etiladi.

Bu savdo uylari tashkil etilishi bilan birinchi galda respublikada to‘qimachilik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar xorijda o‘z xaridorlarini topadilar.

Hozirgi kunda O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi yana bir necha loyihalar bo‘yicha ish olib bormoqda. Jumladan, 150 ayol "Yevropada malaka oshirish va boshqaruv mahoratini rivojlantirish" haqidagi o‘quv kurslarda tahlil oladilar. Ushbu tinglovchilardan eng yaxshi 20 nafar ayolga Yevropa mamlakatlarida joylashgan eng yirik ishlab chiqarish korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqish imkoniyati beriladi.

Shu bilan birga, Xalqaro Press-klub yig‘ilishida uyushma a’zolari boshqa rejalar bilan ham o‘rtoqlashdilar. Ulardan asosiylari: tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ayollarni keng jalb qilish, ularni o‘qitish va huquqiy yordam berish, ta’lim loyihalari va xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish natijasida tajribalarni oshirish, shuningdek, biznes-sayyohlik, ayollar uchun yangi ish o‘rinlarni yaratishni qo‘llab-quvvatlash vazifalaridir.

Yangiliklar lentasi
0