Toshkentdan Bishkekka aviaparvozlar soni oshiriladi

© Gennady MiskoSamolyot aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iz tomoni Milliy aviakompaniya havo kemalariga xizmat ko‘rsatishda imtiyozli sharoitlar taklif etdi

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Toshkent—Bishkek yo‘nalishidagi parvozlar sonini haftasiga ikkitada to‘rttaga oshiradi. Bu haqda Qirg‘iziston transport va yo‘llar vaziri o‘rinbosari Gulmira Abdraliyeva O‘zbekiston Davlat aviatsiya nazorat qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar berdi Milliy aviakompaniya matbuot xizmati.

O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston havo yo‘llari Chexiyadagi kurort shaharlarga qatnovni yo‘lga qo‘ydi

“Biz Toshkent—Issiqko‘l—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslari qayta tiklangani uchun O‘zbekiston hukumati va aviatsiya idorasiga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz. Bu O‘zbekiston va Qirg‘iziston aviatsiya rasmiylarining oxirgi 9-yil mobaynidagi ilk uchrashuvidir.  Tashrifimiz davomida aviatashuvlar sohasida o‘zbek-qirg‘iz hamkorligini rivojlantiruvchi Bayonnomani imzolash maqsadidamiz”, dedi u.

Qirg‘iz tomoni Milliy aviakompaniya havo kemalariga xizmat ko‘rsatishda imtiyozli sharoitlar taklif etdi. Shuningdek, “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga “Manas” aeroporti orqali Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi, AQSh va Janubi—Sharqiy Osiyo mamlakatlariga tranzit parvozlariga erkinlikning beshinchi darajasini taqdim etishga tayyorligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0