TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Joriy yilning 25-iyun sanasidan "O‘zbekiston Havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi Chexiya Respublikasining kuror shahri — Karlov Varga charter reyslarni amalga oshirishni boshladi, deb xabar qildi aviakompaniya matbuot-xizmati.
Xabarda ta’kidlanishicha, o‘zbek sayyohlari orasida Karlov var o‘lkasida dam olish va sog‘likni tiklashga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilgan.
Reyslar ikki haftada bir marta — har jihatdan qulay A320 laynerlarida amalga oshirilishi qo‘shimcha qilingan.