Toshkent viloyatidagi avtohalokat bir oilaning umriga zomin bo‘ldi

© Nuz.uzMotosiklist pogib v DTP v Tashkente
Motosiklist pogib v DTP v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtohalokat oqibatida O‘rtachirchiq tumanilik fuqaro, uning turmush o‘rtog‘i hamda 2015-yilda tug‘ilgan qizi og‘ir jarohat olib voqea joyida vafot etishgan

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Toshkent viloyatining Bekobod tumani hududidan o‘tuvchi "Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod" yo‘lida sodir bo‘lgan avtohalokatda bir oilaning 3 a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar qildi.

DTP, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Xorazmda YTHga uchragan haydovchi qutqaruvchilar tomonidan qutqarib qolindi

Xabarda aytilishicha, shu tumanda istiqomat qilgan, 1986-yilda tug‘ilgan J.O‘ "Damas" rusumli avtomashinasini haydab ketayotib qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan J.S boshqaruvidagi "Howo" rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada J.O‘ va uning yo‘lovchisi, 1990-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i hamda 2015-yilda tug‘ilgan qizi og‘ir jarohat olib voqea joyida vafot etishgan.

To‘qnashuv sodir bo‘lgan yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Piskent tumanida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan M.O boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomashina ushbu avtohalokatda boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘darilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0