TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan XIII xalqaro musulmon kinosi festivalida O‘zbekiston ham ishtirok etadi. Bu haqda festival rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Festivalda 27 mamlakatdan 60ta film namoyish etiladi.
"Qisqa metrajli hujjatli film nominatsiyasida O‘zbekistondan "Lyumyerlar" kartinasi va O‘zbekiston-Rossiya ijodkorlari hamkorligida suratga olingan "Yetti qizdan iborat teatr" filmi qatnashadi.
Festival 5-11 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Ozarboyjon, Afg‘oniston, Bangladesh, Daniya, Misr, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Italiya, Kanada, Qatar, Qirg‘iziston, Marokash, Nepal, Niger, Rossiya, AQSh, Tojikiston, Turkiya, Fransiya, Shvetsiya va Estoniya mamlakatlari ishtirok etadi.