TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. 21-iyun kuni "O‘zbekkino" Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev Italiya va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchilari Andrea Bertotssi va Violen De Vilmor bilan uchrashdi, deb xabar qildi "O‘zbekkinog milliy agentligi" matbuot-xizmati.
Shu bilan birga, Fransiyaning Kann shahrida o‘tkaziladigan Xalqaro kinofestival doirasidagi tadbirlarda O‘zbekiston tomonining ishtirokiga doir takliflar bildirildi.
O‘tkazilgan uchrashuvlarda hamkorlikdagi tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash va yanada rivojlantirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi, deyiladi xabarda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.