TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirlik axborot-xizmati Sankt-Peterburg tarkibiga kiruvchi Kolpino shahridagi angarda ro‘y bergan yong‘in tufayli halok bo‘lga O‘zbekiston fuqarolarning ro‘yxatini e’lon qildi.
TIVning xabarida aytilishicha, 13-iyul kuni yong‘in sabablari va halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash uchun Kolpino shahriga (Sankt-Peterburg shahri tarkibiga kiradi) borgan O‘zbekiston Elchixonasi xodimlari Sankt Peterburg shahri Tashqi aloqalar qo‘mitasi ma’lumotiga asoslanib, 7 ta O‘zbekiston fuqarolarining halok bo‘lganini tasdiqladi:
1. Xusinov Ro‘zmat Qurbonboyevich, 1967-yil 1-yanvarda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, "Tagan" QFYda ro‘yxatda turadi;
2. Xusinov Siroj Ro‘zmatovich, 1991-yil 16-oktabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, "Tagan" QFYda ro‘yxatda turadi;
3. Otaniyozov Zoir Aminovich, 1973-yil 2-noyabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, "Tagan" QFYda ro‘yxatda turadi;
4. Boyjanov Ilos Qadamboyevich, 1988-yil 10-noyabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani "Tagan" QFYda ro‘yxatda turadi;
5. Sultonov Yunus Kuranboyevich, 1981-yil 21-aprelda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani "Tagan" QFYda ro‘yxatda turadi;
6. Atakov O‘tkirbek O‘ktamboyevich, 1989-yil 19-aprelda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani "Gulobod" QFYda ro‘yxatda turadi;
Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan sud-tibbiy ekpertizasi o‘tkazishga qaror qilindi.
Elchixona Sankt-Peterburg va Kolpino shaharlarining tegishli idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibti.
Halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumot ularning oila-a’zolarini habarbor qilish maqsadida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalari va Xorazm viloyati hokimligiga yetkazildi.