TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Leningrad viloyatining Kolpino shahridagi yo‘l plitkalari ishlab chiqariluvchi angarda yuz bergan yong‘in oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi RIA Novosti viloyat favqulodda xizmatlariga tayanib.
"Yonib ketgan angar qoldiqlari ostidan yetti kishining jasadi topildi", — dedi agentlik suhbatdoshi.
Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishgan.
Uning aytishicha, yong‘in 600 kvadrat metr hududni qamrab olgan. Yong‘in sabablari va halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlanmoqda.