Rossiyada mehnat migrantlaridan imtihon qabul qilish bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku
Sdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endi Rossiyada mehnat migrantlaridan imtihonlarni faqat davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan oliygohlar qabul qiladi

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Rossiya ta’lim va fan vaziri Olga Vasilyeva mingrantlardan imtihon qabul qilish tartibi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha taklif bilan chiqdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya markazi rahbari: biz arzon va kerakli xizmatlar taklif qilmoqdamiz

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya oliygohlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda xorijiy fuqarolardan imtihonlar qabul qilinmoqda. Bu o‘z navbatida imtixon sifatida ko‘rinmoqda.

Rossiya hududi bo‘yicha imtihon o‘tkazish yagona tartibi joriy qilinadi.

Endi imtihonlar faqat davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan universitetlar tomonidan qabul qilinadi.

Shuningdek, imtihonni o‘tkazish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha ta’lim muassasalari va mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik joriy qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya ta’lim va fan vazirligi tomonidan joriy yil iyul oyida xorijiy fuqarolardan imtihon qabul qilishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan oliygohlarga 300 ming rubl miqdorda jarima qo‘llash bo‘yicha RF hukumatiga taklif tayyorlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0