Migratsiya markazi rahbari: biz arzon va kerakli xizmatlar taklif qilmoqdamiz

© Sputnik / Denis Grishkin / Mediabankka o‘tishPosetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo
Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva Migratsiya markazi ishlash maqsadida kelayotgan migrantlar uchun eng arzon narxlarda xizmatlar taklif qilmoqda va migrantlar qulayligi uchun kerakli qo‘shimcha bepul xizmatlar ham yo‘lga qo‘yilgan.

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Mijozlarimizning 40%dan ortig‘i O‘zbekiston fuqarolari, dedi Saxarovodagi Moskva Migratsiya markazi direktori Nikolay Fedoseyev migrant.mobi saytiga bergan intervyusida.

Saxarovodagi migratsiya markazi - Sputnik O‘zbekiston
Saxarovodagi Migratsiya markazi o‘z saytida o‘zbek tilida ma’lumotlar joyladi

Fedoseyev aytishiga qaraganda, Markaz ishlash maqsadida kelayotgan migrantlar uchun eng arzon narxlarda xizmatlar taklif qilmoqda va migrantlar qulayligi uchun kerakli qo‘shimcha bepul xizmatlar ham yo‘lga qo‘yilgan.

Masalan,  Migratsiya markazining o‘zida bir oylik ro‘yxatdan o‘tish xizmati Rossiya hududiga endi kirib kelgan migrantlarga patent rasmiylashtirish vaqtida ro‘yxatdan o‘tish muammosini hal qiladi.  Yoki migrantlar talabiga ko‘ra, ish qidirayotganlarning bazasi tuzilib, Moskva hududida o‘ziga ishchi qidirayotgan tashkilotlarga tarqatiladi.

Shuningdek, Migratsiya markazi rahbari markaz migrantlarga taklif qilayotgan xizmatlar narxlari eng arzon ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Biz taklif qilayotgan xizmatlar narxi Moskva hukumati bilan kelishilgan. Biz kerakli xizmatlar uchun eng arzon narxlarda to‘lov olamiz. Masalan rus tilidan imtihon narxi bor yo‘g‘i 700 rubl. Biz bu yerga kelayotgan migrantlarning puli yo‘qligini va ular pul ishlash maqsadidda endi kelganini tushunamiz", — dedi Fedoseyev.

Migratsiya markazi rahbarining fikriga ko‘ra, mehnat migrantlari tomonidan qonun buzishning oldini olishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qonun buzilishining asosiy sababi — migrantlarning Rossiya qonunchiligidan bexabarligidir.  Buni oldini olish uchun ishlash maqsadida kelayotgan migrantlarga, samolyotdayoq Rossiyada qonuniy ishlash haqida o‘z ona tilida chop etilgan bukletlar tarqatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Moskva migratsiya markazi 2014-yilda ochilgan. Ushbu markaz ochilishidan oldin Rossiyada ishlashga kerak bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun migrantlar bir oy davomida shaharning turli joylarida joylashgan o‘nlab idoralarga qatnashi,  uzundan uzoq navbatlarda turishi kerak edi. Markazda esa barcha kerakli hujjatlar bir joyning o‘zida, o‘rtacha  2 soat davomida amalga oshiriladi. Moskva Migratsiya markazi kuniga 7500 kishini qabul qilish imkoniga ega.

Yangiliklar lentasi
0