O‘zbekiston yo‘llarida zamonaviy va yuqori sifatli yo‘l belgilari o‘rnatiladi

© Pixabay / MontaplexDorojnie znaki
Dorojnie znaki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtomobil yo‘llar davlat qo‘mitasi IIV bilan hamkorlikda yo‘llarda o‘rnatilgan yo‘l belgilari to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkaziladi

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. IIV va Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan yo‘l belgilarini ishlab chiqarish bo‘yicha "O‘zavtoyo‘lbelgi" davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Bu vazifalar joriy yil 12-iyundagi prezident qarorida belgilangan.

GAI - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda avtomobil ishonchnomalar elektron shaklga o‘tkaziladi

Avtomobil yo‘llar davlat qo‘mitasi IIV bilan hamkorlikda yo‘llarda o‘rnatilgan yo‘l belgilari inventarizatsiyadan o‘tkaziladi.

Yo‘l belgilari bosqichma-bosqich zamonaviy, yuqori sifatli (nur qaytaruvchi qoplamali) yo‘l belgilariga almashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi. Bu o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun ikki oy muddat belgilab berildi.

Shu bilan birga, uzoq muddat xizmat qiladigan yo‘l belgilarini chizadigan maxsus texnik vositalar va qurilmalarni xarid qilish bo‘yicha asoslangan takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Sezon probok: avtomobilisti ne mogut dobratsya do Charvaka - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobilchilar hayotiga bir necha yangilik olib kelgan prezident qarori
Bu vazifalar bilan "O‘zavtoyo‘lbelgi" davlat unitar korxonasi shug‘ullanadi. Ushbu davlat korxonasi IIV va Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Uning asosiy vazifalari — yo‘l belgilar va boshqa yo‘l harakatini tartibga soluvchi boshqa texnik vositalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Avtomobil yo‘llar davlat qo‘mitasi "O‘zavtoyo‘lbelgi" DUKning ta’sischidir.

Avtomobil yo‘llar davlat qo‘mitasi tomonidan "O‘zavtoyo‘lbelgi" DUK faoliyatini tartibga solish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi ikki oy muddat ichida ishlab chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0