Avtomobilchilar hayotiga bir necha yangilik olib kelgan prezident qarori

© Voditeli TashkentaSezon probok: avtomobilisti ne mogut dobratsya do Charvaka
Sezon probok: avtomobilisti ne mogut dobratsya do Charvaka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining yangi qaroriga ko‘ra bundan buyon "oltin nomerlar" kim-oshdi savdosida sotiladigan, ishonchnoma va ijara shartnomalari elektron ko‘rinishda YHXBga jo‘natiladigan, majburiy texnik ko‘rik xususiy korxonalar tomonidan amalga oshirildigan bo‘ladi.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Kecha e’lon qilingan, O‘zbekiston prezidentining 3127-sonli qaroriga asosan avtomobil haydovchilarini ham bir necha yangiliklar kutmoqda.

"Oltin nomerlar" auksionda sotiladi

Prezident qarorida qayd etilishiga ko‘ra, ushbu yilning 1-sentabridan boshlab avtomobil egasi o‘zi istagan raqamlar kombinatsiyasini, yuqori to‘lov stavkasi bo‘yicha tanlab olishi mumkin. Undan tashqari eng talab kuchli bo‘lgan, xalq orasida "oltin nomerlar" deb ataladigan raqamlar esa kim oshdi savdosiga qo‘yiladi. Ushbo‘ o‘zgarishlar boshqa mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, korrupsiyaning oldini olish va davlat budjetiga qo‘shimcha mablag‘ jalb etish maqsadlarida amalga oshirilmoqda.

Ishonchnomani ro‘yxatdan o‘tkazish kerak bo‘lmaydi

2018 yilning 1-yanvaridan boshlab, avtomobil boshqarishga berilgan ishonchnomalarni, ijara, zalog yoki lizing shartnomalarini YHXBda ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bekor qilinadi. Buning o‘rniga notariuslarga ushbu hujjatlarning elektron ko‘rinishini YHXBga yo‘naltirish majburiyati qo‘yiladi.

Yo‘l harakati axborot-kompyuter tizimi orqali nazorat qilinadi

Yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, avtomobil harakatini nazorat qilishning samaradorligini oshirish maqsadida yagona markazlashgan axborot-kompyuter tizimi tashkil qilinadi. Buning uchun Toshkentda kompyuter tarmog‘i kengaytirilib, Nukus va boshqa viloyat markazlarida ham kompyuterlashtirilgan tizim yo‘lga qo‘yiladi.

Majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish — xususiy korxonalarga topshiriladi

Qarorda aytilishiga ko‘ra, avtomobillarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish vazifasi bosqichma-bosqich ravishda xususiy korxonalarga topshiriladi. Faqat avtobuslar, yuk avtomobillari va boshqa maxsus texnika ko‘rigi belgilangan narxlar bo‘yicha ixtisoslashgan IIB tomonidan amalga oshiriladi.

Motosiklli YPX xizmati paydo bo‘ladi

Toshkent Samarqand va Xorazm viloyatlarida tajriba tariqasida motosiklli yo‘l-patrul xizmati tashkil qilinadi. Ularning vazifasi avtomobil yurishi qiyin bo‘lgan joylarda, odam gavjum joylarda yo‘l harakatini nazorat qilish, shuningdek chet el delegatsiyalarini kuzatish bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0