Surxondaryodagi arxeologik qazishmalar chog‘ida imperator muhri topildi

© Sputnik / A. Varfolomeyev / Mediabankka o‘tishKushanskie moneti
Kushanskie moneti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki tomoniga erkak kishi tasviri tushirilgan muhr Kushon sulolasi asoschisi Kadfiz Kudjulaning o‘g‘li imperator Vima Kadfizga tegishli ekanligi aniqlandi

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Dalvarzintepa arxeologik obyektidagi qazishmalar chog‘ida eramizdan avvalgi 110-127 yillarda hukmronlik qilgan Kushon imperatori Vima Kadfizga tegishli muhr topildi. Bu haqda “Jahon” AA xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi san’atshunoslik institutining san’atshunoslik ekspeditsiyasi qadimgi Baqtriya hududidagi Dalvarzintepa arxeologik obyektida qazishma ishlarini olib bordi.

Arxeologik ishlar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy arxeologlari tarixiy kashfiyot qilishdi

Qazishma ishlari chog‘ida sopol idishlar, erkak va ayollarning loydan yasalgan haykalchalari, atir idishi, toshga o‘yilgan hayvon tasviri va 50dan ortiq mis tangalar topildi.

Topilgan buyumlar orasida ikki tomoniga erkak kishi tasviri tushirilgan muhr ham bo‘lib, kimoviy qayta ishlov jarayonida u Kushon sulolasi asoschisi Kadfiz Kudjulaning o‘g‘li imperator Vima Kadfizning tasviri ekanligi aniqlandi. U eramizdan avvalgi taxminan 110-127 yillarda imperiyani boshqargan.

Dalvarzintepa shahar xarobasi Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumani hududida joylashgan bo‘lib, Kushon imperiyasining Markaziy Osiyodagi mashhur tarixiy yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Bir qancha vaqt u imperiyaning poytaxti ham bo‘lgan.

Shunisi diqqatga sazovorki, uning o‘g‘li Kanishkaga (hukmronlik davri er.av. 127-154 yillar) tegishli muhr yarim asr ilgari Hindistondan topilgandi.

Yangiliklar lentasi
0