O‘zbekiston va Xitoy arxeologlari tarixiy kashfiyot qilishdi

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishArxeologik ishlar
Arxeologik ishlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qazuv ishlari vaqtida ustaxona xarobalari, ichki shaharning g‘arbiy darvozasi qoldiqlari va tashqi shahar sharqiy devori yonidan qabriston topilgan

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Xitoy va O‘zbekiston arxeologlari guruhi Farg‘ona vodiysida joylashgan qadimiy Mingtepa shahridagi qazuv ishlari chog‘ida muhim kashfiyot qilishdi. Bu haqda Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasiga tayanib Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Ikki mamlakat arxeologlari 2012-yildan buyon mazkur qadimiy shaharda besh marta qazuv ishlarini o‘tkazishdi. Qazuv natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, bundan 2000-yil avval Mingtepa nafaqat askarlar qo‘rg‘oni, balki Farg‘ona vodiysidagi eng yirik qal’a-shahar bo‘lgan.

Qazuv ishlari vaqtida shuningdek, ustaxona xarobalari, ichki shaharning g‘arbiy darvozasi qoldiqlari va tashqi shahar sharqiy devori yonidan qabriston topilgan.

Mingtepa arxeologik yodgorligi - Sputnik O‘zbekiston
Mingtepa yodgorligi turistlar uchun ochiladi

Xitoy arxeologiya instituti vakili Chju Yanshining aytishicha, qazuv ishlarida "Loyan belkuragi" deb nomlanuvchi xitoy arxeologik asbobi, ilg‘or o‘lchov va kompyuter texnologiyalaridan foydalanildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek arxeologlari qadimiy shaharning yerusti qismini yaxshi o‘rganishgan, xitoylik arxeologlar esa uning yerostki qismini o‘rganishda katta tajribaga ega. Shu bois tomonlar qazuv ishlarida yuqori natijaga erishdilar.

Andijon shahridan uncha uzoq bo‘lmagan Marhamat tumani hududida joylashgan Mingtepa shahri qadimiy Dovon mamlakatining poytaxti bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, Mingtepani o‘rganish uzoq muddatli loyiha bo‘lib, arxeologlar endi qazuv ishlari davomida olingan ma’lumotlar asosida Mingtepaga oid voqelar solnomasini tuzishadi.

Yangiliklar lentasi
0