TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekiston – yevropaliklarni jalb etish bo‘yicha yetakchi, degan xulosaga keldi Yevrohudud mamlakatlari sayyohlarini eng qiziqtiruvchi mamlakatlar reytingini tuzgan Italiyaning ilSole24ore gazetasi.
"Tadqiqotda BigMac xalqaro indeksi va Numbeo portalining "Jahon mamlakatlaridagi xalq iste’moli mollari" bo‘limidagi ma’lumotlardan foydalanilgan", — deb xabar berdi O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
"Maroqli hordiq? Yevro o‘z kuchiga ega yetti maskan" nomli tadqiqotda O‘zbekiston Xitoy bilan bir qatorda turistlarni foydali almashuv kursi, xalqaro aviaparvozlar narxi, ayniqsa, yashash xarajatlari arzonligi bilan jalb etishi ma’lum qilingan. Bundan tashqari, turistlar O‘zbekistonning ososyishtaligi va iqlimini ham ijobiy baholashgan.