Yetti o‘zbekistonlik halok bo‘lgan angar ijarachisi hibsga olindi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishNaruchniki na dveri kleti
Naruchniki na dveri kleti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Tergov organlari yetti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan angarni ijaraga olgan firmaning bosh direktorini hibsga oldi, deb xabar berdi Peterburg bo‘yicha RF tergov qo‘mitasining bosh tergov boshqarmasi matbuot xizmati.

TIV - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati

U 1986-yilda tug‘ilgan ayol bo‘lib chiqdi. Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni Kolpino shaharchasida yo‘lak plitkalari ishlab chiqariluvchi angarda yong‘in yuz berdi. Angar qoldiqlari ostidan o‘zbekistonlik yetti fuqaroning jasadi topilgan.

Yangiliklar lentasi
0