TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 11-iyul kuni migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari haqidagi qaroriga binoan Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tizimida Elektron axborot tizimlari boshqarmasi tashkil etiladi.
Shuningdek, doimiy va vaqtincha propiska olish, yashash joyi bo‘yicha hisobga olish, O‘zbekiston respubligasiga kirish, chiqish, fuqorolikni olish, chiqish va yo‘qotish, siyosiy boshpana berilishi yo‘nalishlarida integrallashgan ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va joriy qilish, axborot tizimlarining xavfsiz va uzluksiz ishlashi va boshqalarga javobgar bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston fuqarolari chet elga chiqish uchun alohida pasportga ega bo‘lishlari haqida xabar qilgan edik.