Internet foydalanuvchilari: o‘ninchi Damasni pachaq qilgan tramvay dastidan "dod"

Obuna bo‘lish
Shu kunlarda internet tarmoqlarida Samarqand shahrida yuz bergan navbatdagi tramvay va "Damas" to‘qnashuvi keng muhokama qilinmoqda. Internet foydalanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu taxminan o‘ninchi to‘qnashuvdir

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Aprel oyining o‘rtalaridan Samarqand shahrida tramvaylar harakati ishga tushirilgan edi. Ishga tushirilganidan ko‘p vaqt o‘tmay simog‘ochni urib qulatgan tramvay shu kungacha o‘ninchi, ayrim foydalanuvchilarning yozishicha esa o‘n beshinchi Damasni urib, pachaq qilgan.

DTP v Samarkande s uchastiyem tramvaya
DTP v Samarkande s uchastiyem tramvaya - Sputnik O‘zbekiston
DTP v Samarkande s uchastiyem tramvaya

Internet foydalanuvchilari bu hodisaga o‘z munosabatlarini quyidagicha bildirishmoqda:

"Tramvaydan foydadan ko‘ra zarar ko‘proq ko‘rinadi", — deb yozgan Blob Rhyda.

"Odamlarimiz juda qiziqda. Ustun, tramvay, rels, chumchuqlardan ayb izlashadi. Faqat haydovchidanmas", — degan Leyla Usmanova.

"Yoz bo‘yi tramvay va Damas to‘qnashuvlariga nechanchi bor guvoh bo‘lmoqdamiz. Qish kelsa unda ahvol ne kechadi", — degan yana bir foydalanuvchi.

"Samarqandga tramvay shart emasdi, shahar yo‘llari tor bo‘lsa axir", — degan Islom Saidumarov.

V Samarkande zapustili tramvai - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Samarqand tramvayining yo‘lovchisi bo‘ldi
"Avtoshkolalarda tramvayni aylanib o‘tmaslik kerak, deb o‘rgatishadi. Damas haydovchilarining o‘zlari aybdor. Samarqandda tramvay borligidan faxrlanishimiz kerak. Axir O‘zbekistonda yagona Samarqandda bor tramvay.

"Samarqandda tramvay paydo bo‘lganidan faqat xursand bo‘lish kerak, ular hisobiga shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shildi" — degan Faridka Xodjayeva.

Yangiliklar lentasi
0