O‘zMUda Zuhraning o‘rniga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan Fotima fosh bo‘ldi

© Sputnik / A. Varfolomeyev / Mediabankka o‘tishNatsionalniy universitet Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka
Natsionalniy universitet Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zMUda bo‘lajak test sinovlarida imtihon o‘tkaziluvchi har bir auditoriyaga kuzatuv kameralari o‘rnatiladi va test jarayonlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyishi onlayn rejimda keng jamoatchilikka uzatiladi

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Kecha o‘zaro tashqi o‘xshashlikdan ustamonlik bilan foydalanmoqchi bo‘lgan Salimova Fotima (familiya o‘zgartirilgan) o‘z singlisi Salimova Zuhraning o‘rniga hujjatlarni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Biologiya yo‘nalishiga topshirayotgan vaqtda "aqlli texnologiya" uning firibgarona qilmishini fosh etdi, deb xabar berdi universitet axborot xizmati.

Podstavnie abituriyenti v TUIT - Sputnik O‘zbekiston
TATUda test sinovlariga kirmoqchi bo‘lgan soxta abituriyentlar qo‘lga tushdi

Ushbu "aqlli texnologiya" O‘zbekiston Milliy universitetining tajribali olim va yosh mutaxassislarining ixtirosi hisoblanib, 2017-2018 o‘quv yili qabul mavsumida ushbu o‘quv dargohida respublikadagi yagona tizim sifatida tajriba tarzida qo‘llanilmoqda.

O‘zMUda bo‘lib o‘tajak test sinovlarida ham ayni shu texnologiya qo‘llaniladi. Imtihon o‘tkaziluvchi har bir auditoriyaga kuzatuv kameralari o‘rnatiladi va test jarayonlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyishi onlayn rejimda keng jamoatchilikka uzatiladi.

Qayd etish joiz, 11-iyul kuni ham bir abituriyentning o‘rniga boshqalar hujjat topshirishga urinishgan holat aniqlangandi.

Yangiliklar lentasi
0