TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. 5-iyul kuniToshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetiga 450 nafar abituriyent uchun o‘tkazilgan maxsus test imtihonlarida 16 nafar soxta abituriyent qo‘lga tushdi. Bu haqda universitet saytida xabar qilindi.
Ular biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish va boshqarish tizimi asosida aniqlandi. Soxta abituriyentlarning ayrimlari hattoki kursantlar libosini kiyib olishgan.
Shuningdek, 100 dan ortiq mobil aloqa vositalari aniqlanib, test jarayoniga kiritilmadi.
Bundan tashqari, diplom muqovasi ichiga yashirilgan telefonlar ham aniqlandi.
Ilgariroq Toshkent axborot texnologiyalari universiteti joriy yilda o‘zining test sinovlarini o‘tkazish joylarida biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish (identifikatsiya) va boshqarish tizimi joriy etilishini ma’lum qilgan edi.